Xizmatdan foydalanish joizmi?
Assalomu alaykum! Bir aloqa kompaniyasining quyidagi xizmat turi mavjud: Mening hisobimga mablag‘ kerak bo‘lsa, boshqa abonentdan so‘rov orqali kerakli mablag‘ni so‘rayman, u menga pul o‘tkazsa, uning hisobidan xizmat haqqiga 4 (to‘rt) tsent echib olinadi. Vaqti kelib, men olingan qiymatni qaytarganimda mendan ham o‘sha miqdorda xizmat haqqi echiladi. Menga qarz bergan abonentning hisobidan ketgan 4 tsentning o‘rni qoplanmaydi. Ushbu xizmatdan foydalanish mumkinmi, bunda ribo sarqitlari yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ribo bo‘lmaydi. Lekin kompaniyadan foizi bo‘lsa qarz olish joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:52 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ribo bo‘lmaydi. Lekin kompaniyadan foizi bo‘lsa qarz olish joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:52 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom