Erim yonimni olmasa

Assalomu alaykum! Erimni telegramda, opa-singillari, onalari bilan tuzgan oilaviy gruppaligi bor. Qaynagachim mendan norozi bo‘lsalar, ataylab shu gruppaga qaynanamga yozadilar. Ya’ni shu gapni faqat o‘zlariga o‘qish uchun emas, boshqa qaynagachim, ayniqsa erim bilib qo‘yishlari uchun. Vijdonsiz, uyatsiz, insofsiz kabi so‘zlar bilan haqorat qiladilar. Shunaqa paytda erim hech qachon og‘iz ochib gapirmaydilar. Ya’ni indamaydilar. Yonimni olmaydilar. Hatto nohaq bo‘lsalar ham. Lekin meni urushadilar. Shunaqa paytda nima qilishlari to‘g‘ri bo‘ladi? Yonimni olishlari kerak emasmi? Mayda gap ko‘payadi deb har safar ular ichlariga yutishlari, meni uyimda esa janjal bo‘lishi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo, siz eringizni rozi qiladigan ishlarni qiling, shunda shu kabi muammolar kelib chiqmaydi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 06:02 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar