Qo‘y so‘ymoqchi edim

Assalomu alaykum! Men Tojikistonda yashayman. Arendaga joy olib apteka ochganman. 3 yoki 4 firmalardan obiy 10milion ga yuk qarz oganman. Xar kunlik savdomizdi topshiramiz yana yuk olamiz. Batamom qarzdi uzishti iloji yo‘q chunki boshqalargayam qarz beraman. O‘tgan yili bir kishidan 15milion qarz olganman o‘shani pulini yarimini jam qilib qo‘yganman qoganini kegancha to‘playman. Mana yaqinda otam uchun qo‘y so‘ymoqchi edim 2milion olib qo‘ygan edim, nalogdagilar aptekangdi jarima qilaman katta summaga yoki o‘zingdan bilib 2milion topshir dedi. Shuni topshirdim pulim ketdi. Buncha qarzim bilan so‘yishim mumkinmi? Qurbon xayitga ozgina pul yig‘ib qarzlarimdan engil bo‘lib qo‘y so‘ysam bo‘ladimi kechikib ketmaydimi? Erim nima kerak deyapti men aytimki Robbim bizga davlat berdi, farzant berdi xamma narsa berdi biz majburmiz so‘yishga, so‘ymasak biron balo keladi dedim. Ustoz nima qilay lekin qurbonlik qilish niyatim qattiq xoxlayman shukronalik tarzida. O‘zimizni ozgina xeshlar bilan o‘tiramiz, qoganini qo‘shniga tarqataman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bor molingiz va qarzingizni hisoblaysiz. Mablag‘ingiz qarzingizdan ortiq va nisob miqdoricha bo‘lsa zakot vojib bo‘ladi. Aks holda zakot vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 10:30 | Savol-javoblar | 130 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar