Jumaga chiqish

Assalomu alaykum! Men xususiy firmada ishlayman. Ish vaqtimizda tushlik vaqti ajratilmagan. 8 soatlik ish grafigi. Juma kunlari juma namoziga borib qaytish uchun 1 soat vaqt ketadi. O‘z ishimizni qilgan vaqtimizni kompensatsiya sifatida ishlab berish bo‘yicha kelishuvimiz bor. Lekin ishxona rahbari ish vaqtida 1 soatga chiqib ketganda sizdan boshqa odam hal qilolmaydigan muammo chiqib qolishi mumkin deb jumaga chiqishimni emas, ishda qolishimni to‘g‘ri deb aytyapti. Savolim shuki, men jumaga chiqishim to‘g‘rimi yoki rahbar aytgandek ishxonada qolishimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday o‘rinda chiqish imkonini topishga harakat qiling. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 10:33 | Savol-javoblar | 164 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar