Ko‘z operatsiyasidan so‘ng taxorat va namoz
Assalomu alaykum! Ukam dushanba kuni ko‘z operatsiyasini boshdan o‘tkazadi va bu operatsiya oddiy operatsiyadan farq qiladi. Bemor 3 hafta davomida yotishi lozim va yuziga suv tekkazish va cho‘milish man etilgan. Tayammum esa havfli ko‘zga infeksiya tushishi mumkun. Lekin ho‘l salfetka bilan ko‘z atrofini va yuzni artishi mumkun. Shu holatda ho‘l salfetga orqali tahorat qilsa bo‘ladimi? Operatsiyadan so‘ng bir qancha muddat sog‘ayib ketgungacha imo ishora bilan namoz o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yuzni yuvish imkoni bo‘lmasa qo‘l va oyoqlarni yuvib, boshga mash tortishi shart. Yuzga esa qzlni xo‘llab yuvish mumkin bo‘lgan jyolarni yuvadi va suv tegsa zarar qiladigan joylarga mash tortib qo‘yadi. Namozni ishora bilan o‘qiydi. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 11:02 | Savol-javoblar | 147 | Tahorat