Kalyan bor joyda ishlash hukmi

Assalamu alaykum! Hozirgi paytda Birlashgan Arab Amirliklarida ishlayapman halol restoranda. Noshukurchilik bo‘lmasin, oyligi kamroq. Uyimizda 30000 dollar qarzimiz bor. Uydagilarga ko‘proq pul jo‘natishim kerak. Ayni paytda Saudiyada bo‘ladigan festivalga ishga taklif qilishyapti. Oyligi yaxshi. Saudiyaga borishni juda xohlayman. Borib, ishdan tashqari yana bir nechta muhim vazifalarni bajarmoqchi edim. Biroz avval Intervyu bo‘ldi. Yaxshi gaplashib oldik. Yaqinda taklif xati va vizalarni jo‘natsa kerak InshaAlloh. Ammo ushbu festivaldagi restoranda Kalyan bor ekan. Borib Kalyan tayyorlashga, uni mijozga oborib berishga aralashmay ishlasam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariat harom qilgan ishlarga mutlaqo aralashmasangiz ishlashingiz mumkin. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 00:48 | Savol-javoblar | 170 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar