Islomga bo‘lgan muhabbat

Assalomu alaykum! Men bir yaqin insonimni qalbida Islomga, Allohga, namozga bo‘lgan muhabbatni kuchaytirishga qaror qildim. Ammo buni qanday qilishi bilmayaman. 1-2 marotaba harakat qilib ko‘rganimda o‘xshamadi. Domlalarni ma’ruzalarini eshitishni maslahat berdim, lekin bunday qilmasligini aytti. Iltimos maslahat bering men nimadan boshlay. Men juda ham maqsadimga erishishni xohlayapman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islom insonlar qalbiga til orqali ta’sir qilishidan ko‘ra mehr, xulq, sunnatlarga amal qilish orqali ko‘proq ta’sir qiladi. Siz shar’iy ahkomlarni til bilan aytish o‘rniga amaliyotda qanchalik ko‘p bajarsangiz shunchalik ta’siringiz kuchayib boradi. Silai rahm qilish borasida “Yaxshilik va silai rahm” kitobini olib o‘qing, oilaga tegishli bo‘lsa “Baxtiyor oila” kitobini o‘qing. Hayotning har bir jabhasiga tegishli masalalr haqida gapirmoqchi bo‘lsangiz “Oltin silsila” rukni asosida chiqayotgan kitoblarni olib o‘qing. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 11:43 | Savol-javoblar | 139 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar