Spreydan foydalanish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar izlash xizmatidan foydalandim topdim, ro‘zador burniga (sprey)dan foydalansa tushunishimcha deyarli ro‘zasi ochilib ketar ekan. O‘zim 2-gruh nogironiman, lekin Alloh qodir qilgancha ro‘za tutmoqdaman. Hozir ozroq qiyinchilik tarafi bo‘lib turibdi, ya’ni burnimga kuniga 5-6 martta (sprey)dorisidan sepmasam bo‘lmaydi, og‘zim bilan nafas olib yursam yuragim siqiladi. Bunday vaziyatlarda qanday yo‘l tutishim kerak? Iltimos duo qilib qo‘ysangizlar rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shu holingizda ham ro‘za tutayotganingiz uchun Alloh ajringizni ko‘paytirib bersin. Siz kabi kishilarga shariatimizning engilliklari ham bo‘lib, agar dorining sepmaslikning imkoni bo‘lmasa qishning qisqa kunlarida, dorini sepmay tursa bo‘ladigan kunlargacha ro‘zani kechiktirishga ruxsat bor. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:22 | Savol-javoblar | 175 | Ro‘za