Xarommi ?
Assalomu alaykum! Xabarila bor poytaxtning chekka, ko‘rimsiz, hilvat joylarida garajlarni buzib tashlagib kelinmoqda xaligachon ! Shu tadbir asosida bizning zam garajlarimiz buzilib ketdi. Shaxsan o‘zimizning garaj turar joyimizdan sal uzoqroqda joylashgan edi shu asosida uyga yaqinroq bir joyni xar xil chiqindilardan tozalab o‘sha joyga moshinani qoyvotudim lekin u joy maniki deb davo bilganim yo‘q kim man yo‘q paytda moshinasini qoysa ham roziman chunki u joy manga tegishli emas kimga tegishli ekanini ham bilmayman ! Allohning la’natiga duchor bo‘lgan to‘rt toifa degan hadis o‘qib qoldim : Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning kuyovlari, ahli bayt a’zosi Ali roziyallohu anhudan ba’zi ashoblari bir kun shunday savol so‘radi: Hazrat, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ahli baytga boshqa odamlarga o‘rgatmagan narsalarni o‘rgatganmi? Biz bilmagan narsalar ham bormiki xossatan sizlarga o‘rgatilgan. Agar bo‘lsa biz bilan bo‘lishsangiz? Ali roziyallohu anhu javob berdilar: Yo‘q! Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizning o‘zimizga alohida biror narsa o‘rgatmaganlar. Ommaga nimani etkazgan bo‘lsa, biz ham o‘shani bilamiz xolos. Illo, mana bu qilichim qinida saqlab yurgan bir sahifa bor. O‘shanda yozilgan narsalarni sizlarga aytib beraman: لعن الله من ذبح لغير الله، لعن الله من سرق منار الارض، لعن الله من لعن والديه، لعن الله من آوى محدثا 1. Alloh taolodan boshqasiga atab jonliq so‘yganlarni Alloh la’natladi! 2. O‘ziga tegishli bo‘lmagan erni o‘zlashtirib olganlarni Alloh la’natladi! 3. Ota-onasini la’natlaganlarni Alloh la’natladi! 4. Dinda yangilik paydo qilganga joy berganni Alloh la’natladi! Imom Buxoriy rivoyati. Shu mani holatimda ya’ni qoyvotgan joyimga maniki shu joy deb da’vo qilmayatgan bo‘lsam xam moshinani o‘sha joyga qo‘ysam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘ysangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 11:47 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘ysangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 11:47 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom