Haqiqatni gapirsa arazlasa dilozorlikmi

Assalomu alaykum! Insonga o‘zi xaqidagi xaqiqatni gapirsayu, u tan olmay arazlasa, shu dilozorlikga kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Etkazishni to‘g‘ri yo‘l bilan qilmagan bo‘lsa dilozorlik bo‘ladi. Shariatda “inkaarul munkari munkarun” degan qoida bor. Ya’ni munkar(shariatga zid ish, ayb) ishlarni nahiy, ya’ni amri ma’ruf nahyi munkar qilish gunohdir. Albatta buni birinchi o‘qigan inson bu ahmoqni gap deb o‘ylashi mumkin. aslida esa bu shariat ruhini tushunmagan insonning gapidir. Shariatimizda har bir munkar ishning darajasi bor. Ba’zilari harom, ba’zilar makruhi tahrimiy va ba’zilar makruhi tanzihiy. Shunday ekan kim makruhi tanzihiy qilayotgan odamga makruhi tahrimiy qilayotgan odamga qilinadigan tanbehni, jazoni bersa haddidan oshgan hisoblanadi. Ya’ni ba’zi o‘rinlarda munkar ishni haddidan oshirib ortiqcha jazo berib qaytarish ham gunoh deyilgan. Masalan bir odam boshyalang namoz o‘qishi makruhi tanzihiy. Unga beriladigan tanbeh “bunday namoz o‘qish makruhi tanzihiy” deb qo‘yishdangina iborat xolos. Kimdir boshyalang namoz o‘qiyotgan odamni boshiga do‘q qilib bosh kiyim kiydirib qo‘yishi haddidan oshish hisoblanadi. Qo‘pol gapirishi haddidan oshish hisoblanadi. Hammani ichida sharmanda qilish haddidan oshishni yuqori darajasi hisoblanadi. Chunki u odam munkar sanalga ishga haromga beriladigan tanbehni, jazoni qo‘llaniladigan jazoni qo‘llagan hisoblanadi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 11:48 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar