Husumat

Assalomu alaykum! Menda bir odat bor. Ko‘pincha tanishlarimni, ayrimgina hollarda begonalarni noto‘g‘ri ishlarini ko‘rsam iloji boricha muloyimroq gapirib tanbeh beraman. Yana atrofimda birovga zarari tegmaydigan gaplarni gapirganimda ustimdan kuladigan yoki odamni jig‘iga tegadigan gaplar gapiradigan tanishlarim bor. Ular bilan ish va o‘qish yuzasidan birga bo‘lishga majburman. Yuqoridagi 2 holatda ham o‘shalardan, jahlimni chiqaruvchi gaplar eshityapman. Va o‘sha payti juda qonim qaynab ketadi. Ularni bir balo qilib qo‘ygim keladi. Lekin ertani o‘ylab arang o‘zimni bosaman. Savolim shuki bu mavzuda menga qanday maslahat berasizlar va qiyomatda o‘sha insonlar bilan mening vaziyatim qanaqa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tanbeh beruvchi odam savobni umid qiladi, natija Allohdan bo‘lgani uchun qabul qilsa ham qilmasa ham parvo qilmay “savobini oldimku” deb ketaveradi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 12:05 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar