Bolajon kanalidagi ko‘rsatuv

Assalomu alaykum! Uztv Bolajon kanalida halq artistlari ijrosida Ibn Xattob nomli kulgili namoyish qo‘yilyapti. Bu o‘sha sobiq tuzum sarqitiku... Ya’ni “Starik Xattabich”. Abdurahmon ibn Xattob dinimizni quvvati bo‘lgan hazrati Umarni tanimagan halq artisti bo‘ladimi? Farzandlarimiz paxtadan soqol qo‘yib men sehrgar chol Ibn Xattobman deb yuribti. U 10-aprel 10:30larda efirga uzatildi. Menda zapisi bor.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu va shunga o‘xshashlarga barcha ahli ilmlar, xususan diniy idora e’tirozini bildirishi kerak. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 12:56 | Savol-javoblar | 159 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar