Torrent dasturi

Assalomu alaykum! Meni anchadan beri bir savol qiynab keladi. O‘xshash savollarni qidirib aniq bir javob topa olmadim. Savol: internetdagi pullik dasturlarni agarda birorta sotib olgan kishi sizga bersa halol bo‘lishini bildim. Lekin torrent degan dastur bor. Unda pullik dasturlar, video darslar va boshqa turli ma’lumotlar sotib olgan kishilar tomonidan bepul taqdim etiladi. Shunday faylni yuklashda ham aynan shu kishining kompyuteridan yuklanadi. Ya’ni sotib olgan kishi bergandek bo‘ladi. Siz ham yuklaganingizdan so‘ng, o‘zingizning kopyuteringizdan boshqalar yuklab olsa bo‘ladi. Bu zanjir bo‘lib ulanib ketaveradi. Men shu dasturni ko‘p ishlataman. Pullik dasturlar yoki video kurslar yuklayman. Shu ishim halolmi? Rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh “Fiqhul buyu’” kitoblarida “Pulga sotib olgan kishi boshqalarga foydalanishga berishi joiz” deganlar. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 12:57 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar