Sut emizib qo‘yish

Assalomu alaykum! Bolani onasidan boshqa ayol emizsa u xam ona xisoblanishini bilamiz va bolani emizmoqchi bo‘lgan ayol o‘zini eridan ruxsat olish kereligi va bolaniyam ota onasi rozi bo‘lishi kerakligini eshitganmiz, lekin o‘sha ayol bolani ota-onasini ruxsatisiz emizsachi? Men o‘g‘limni buvisiga tashab ish bilan oz vaqtga pasport stolga borip kelish uchun ketgandim. Uncha uzoq vaqt qopketmagandim. Bolam yig‘lasa qaynonam ovsinimni oldiga obkirib emizishipti. Roziligimsiz emizsa xam ona bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha emizgan ovsiningiz shu emgan bolangizga razoiy ona bo‘ldi. Siz aytib o‘tgan roziliklar bo‘lmasa ham sobit bo‘laveradi. Bu erda bir masala bor. Ayol kimga sog‘ib berganini va bolani kim emizganini bilib qo‘yishi shart. Chunki sutingizni ichgan bola yoki bolangiz birovni sutini ichsa o‘sha bola sut egasiga emizikli farzand hisoblanadi. Kelgusida o‘sha farzandga qiz berishingiz yoki qiz bo‘lsa o‘g‘il farzandlaringizdan birortasiga kelin qilib olishingiz halol bo‘lmaydi. Tug‘ruqxonada ishlovchi xamshiralar ham bu narsaga qattiq ahamiyat berishlari shart. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 12:58 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar