Muztaxab xakida

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar. Mustaxab kilish xakida yana suramokchi edim. Sababi men ichaklarimni shamollatib olganga uxshayman. Savolim: Ertalab uykudan uygonib bamdod namozi uchun taxorat olishdan oldin muztaxab kilinadimi? Men ertalab turib birinchi xojatga utib siyib kelib keyin taxorat olishga utiraman. Birinchi muztaxab kilaman. Agar katta xojatga utirmagan bulsam siyganim uchun avratlarimni yuvishim shart emasmi? Kiyimga sachratmaslikka xarakat kilaman. Oldindan raxmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siydik chiqqan joydan atrofiga piyolaning orqa tomonicha miqdordan katta joyga yoyilsa, yoyilgan joyning o‘zini yuvish vojib bo‘ladi. Yoyilmagan bo‘lsa, yuvish vojib emas. Uyqudan turgan kishi bavl yoki katta hojatga ehtiyoji bo‘lmasa, yoki el chiqargan bo‘lsa, mustahab qilish bid’at. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:06 | Savol-javoblar | 161 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar