Janozadagi amallari haqida

Assalomu alaykum! Yaqinda qishloqda janozada bo‘ldim va birqancha narsalar manga noodatiy ko‘rindi:
-mayitning joni uzilgandan so‘ng baqirib yig‘lash (tushunishimcha bir odam olamdan o‘tganini bildirish uchun), asosan yolg‘ondan yig‘lanildi (afsus);
-kafan atrofida ayollarning aylanishi;
Savollarimdan biri, yuqorida keltirilgan narsalar to‘g‘rimi?
Yana «dushanbalik», «yakshanbalik» deya dasturxon yozib, kelganlarga taom berish joizmi?
Qishlog‘imizning eri sho‘r, ko‘p qazilsa suv chiqib qoladi. Shuning uchun dafn uchun maxsus sog‘onalardan foydalaniladi. Bu ham to‘g‘rimi? Savollarim ko‘payib ketgani uchun uzr. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yuqoridagi ikkisi noto‘g‘ri. Suv chiqmaydigan joylarda erni ostiga ko‘mish farz. Suv chiqadigan joylar bo‘lsa imkon qadar erga ko‘milib, usti oilib qolmasligi uchun ustiga sag‘ana qurish joiz. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 12:26 | Savol-javoblar | 178 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar