3 taloq xaqida bergan savolimga javobni oldim, ammo

Assalomu alaykum! Men sizga bergan o‘sha taloq masalasida murojat qilmoqchiman. Javobingizni o‘qidim rahmat, lekin taloq tushganligi rost bo‘lsayu Alloh kechirimlidir bunga ishonishim kerak emasmi? Alloh kechirishiga ishonvomanku, tavba qilib so‘ravomanku, duo qilib umidimi uzishim kerakmi o‘sha 3 taloqni Allohni avf etishidan? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu narsa afuvga aloqasi yo‘q. Uch taloq tushibdimi tamom uch taloq tushgan. Tavba bilan gunoh kechiriladi, hukm o‘zgarib qolmaydi. Birovni o‘ldirib qo‘yib tavba qilsangiz o‘ldirganingizni gunohi kechirilar, ammo xunini to‘lashingiz shart bo‘ladi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 13:23 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar