10 foiz berish xaqida

Assalomu alaykum! Duradgor ustaman. “Ish bor qiling” dedi mahalladoshim. Ishni kelishib bo‘ldim. Keyin menga ish bergan mahalladoshim “10 foiz berasan yoki bir tan berasan” deyishdi. Nima qilsam bo‘ladi? 2. Ishlagani boramiz. Ishni bizni ishga olib borgan odam olgan. Asosiy ishni biz qilamiz. Ish tugagach bizga oylikchi sifatida pul berishadi. Bizga beradigan pulidan o‘zi oladigan puli ikki barobar ko‘p. Shu ustalarni qilayotgan ishi joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Ish topib bergani uchun ma’lum miqdorni masalan 100-200ni olishi mumkin. Necha pul topsang faloncha foiz deyishga haqqi yo‘q. Uning ishi dallollik hisoblanadi.
2). Borishdan avval kelishib oling. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 16:25 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar