Juma namozida adashsa
Assalomu alaykum! Juma namozini o‘qishni niyat qilib masjidga keldim. Namoz boshlandi. O‘qidik va 4 rakat sunnatdan keyin Peshin namozini o‘qiyapman degan xayolda 4 rakat farz deb niyat qildim. Keyin 2 rakatdan so‘ng Attaxiyat o‘qiganimdan keyin qayta turamiz deb ancha kutib turdim, imom salom berganlaridan keyin tushundimki noto‘g‘ri niyat qildim va ikkita salovotni o‘qiy olmadim. So‘ng xayajonlanganimdan qolgan 4 rakat sunnatni xam peshin namozidagidek niyat qilib qo‘ydim. Ikki rakat sunnat o‘qishni niyat qilganimga qaramay to‘rt rakat qilib o‘qidim. Xatolarimdan juda afsusda qoldim va so‘ng 4 rakat farz, peshin namozini deb o‘qib oldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri qilibsiz. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 154 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri qilibsiz. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 154 | Namoz