Ӯlik nakrutka joizmi ?

Assalomu alaykum! Nakrutka haqida bergan javobingizni o‘qigandim yani odamlani ruxsatisiz ulani har hil gruppaga qo‘shish joizmas deb javob bergandingiz. Man o‘sha kuni shu ishimi to‘xtatgandim. Xozirda o‘lik nakrutka qildirish ommalashib ketti yani aktivmas umuman ishlamidigan profillani o‘lik profillani nakrutka urish joizmi ula umuman ishlamidigon profilla bo‘ladi shunchaki odam soni uchun turadi 1000 ta 2000 ta va xakozo. 2. Shu o‘lik profillani man programmadan 3 min so‘mga sotvolib 7 min 8 minga nakrutka urib beraman manga 4 min 5 min foyda qolardi shu pul halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Vallohu a’lam!

12 Oktabr 2022, 00:50 | Savol-javoblar | 291 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar