Duo qilib qo‘yinglar

Assalomu alaykum! Ustozlar, qilayotgan ishlaringizdan Alloh O‘zi rozi bo‘lsin. Bobomni anchdan buyon mazalari yo‘q. Har nima qilib ko‘rdik, hattoki chilYosin ham o‘qitdik. Ahvollari kundan kunga og‘irlashib borayapti. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday paytlarda nima qilishni buyurganlar? Iltimos duo qilib qo‘yinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Albatta duoda bo‘lamiz. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَا أَنْزَلَ اللهُ دَاءً إِلاَّ أَنْزَلَ لَهُ شِفَاءً. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَلَفْظُهُ: لِكُلِّ دَاءٍ دَوَاءٌ فَإِذَا أُصِيبَ دَوَاءُ الدَّاءِ بَرَأَ بِإِذْنِ اللهِ عَزَّ وَجَلَّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh qaysi bir dardni nozil qilgan bo‘lsa, albatta, uning shifosini ham tushirgandir», dedilar». Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan. Muslimning lafzi: «Har bir dardning davosi bordir. Qachon davo dardni topsa, Alloh azza va jallaning izni ila tuzaladir». عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِنَّ اللهَ أَنْزَلَ الدَّاءَ وَالدَّوَاءَ وَجَعَلَ لِكُلِّ دَاءٍ دَوَاءً فَتَدَاوَوْا وَلاَ تَدَاوَوْا بِحَرَامٍ Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Alloh dard va shifoni nozil qilgan. Har bir dard uchun shifo qilgan. Bas, davolaning. Faqat harom ila davolangmang», dedilar».   DAVOLANIShNING MUHIMLIGI VA UNDAGI EHTIYoTKORLIK  Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bemorlik holatlarida o‘zlari ham davolanlar hamda o‘zgalarga ham davolanishni tavsiya qilar edilar. عَنْ أُسَامَةَ بْنِ شَرِيكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: أَتَيْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَأَصْحَابَهُ كَأَنَّمَا عَلَى رُؤُوسِهِمُ الطَّيْرُ فَسَلَّمْتُ ثُمَّ قَعَدْتُ فَجَاءَ اْلأَعْرَابُ مِنْ هَاهُنَا وَهَاهُنَا فَقَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ أَنَتَدَاوَى؟ فَقَالَ: تَدَاوَوْا فَإِنَّ اللهَ عَزَّ وَجَلَّ لَمْ يَضَعْ دَاءً إِلاَّ وَضَعَ لَهُ دَوَاءً غَيْرَ دَاءٍ وَاحِدٍ الْهَرَمُ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ Usoma ibn Sharik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelsam, u zotning sahobalari xuddi boshlarida qush uchib yurgandek o‘tirishgan ekan. Salom berib, o‘tirdim. U yoqdan, bu yoqdan a’robiylar kelishdi va: «Ey Allohning Rasuli, davolanaylikmi?» deyishdi. «Davolaninglar, Alloh qaysi bir dardni qo‘ygan bo‘lsa, albatta, uning davosini ham qo‘ygan. Faqat bittadan, qarilikdan boshqasini», dedilar». Sunan sohiblari rivoyat qilishgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bemorga puxta tabibda davolanish va parhez qilishga buyurar edilar. Harom narsalarni davo tarzida ham iste’mol qilishdan man qilar edilar. Ibn Mas’ud roziyallohu anhu “mast qiluvchi narsa” haqida aytadilar: وَقَالَ ابْنُ مَسْعُودٍ فِي السَّكَرِ: إِنَّ اللَّهَ لَمْ يَجْعَلْ شِفَاءَكُمْ فِيمَا حَرَّمَ عَلَيْكُمْ. رَوَاهُ الْبُخَاِرُّي مُعَلَّقًا «Albatta Alloh sizlarga harom qilgan narsalarida sizlar uchun shifo qilgan emas». Buxoriy ta’liq ila rivoyat qilgan. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لِرَجُلٍ وَهُوَ يَعِظُهُ: اغْتَنِمْ خَمْسًا قَبْلَ خَمْسٍ شَبَابَكَ قَبْلَ هَرَمِكَ وَصَحَتَكَ قَبْلَ سَقَمِكَ وَغِنَاءَكَ قَبْلَ فَقْرِكَ وَفَرَاغَكَ قَبْلَ شُغْلِكَ وَحَيَاتَكَ قَبْلَ مَوْتِكَ. أَخْرَجَهُ الْحَاكِمُ فِي الْمُسْتَدْرَكِ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollalohu alayhi vasallam bir kishiga va’z qilib shunday dedilar: “Besh narsani besh narsadan oldin g‘animat bil; yoshligingni qariligingdan oldin, salomatligingni bemorligingdan oldin, boyligingni faqirligingdan oldin, bo‘shligingni mashg‘ulligingdan oldin, hayotingni o‘limingdan oldi”, dedilar”. Hokim “Mustadrak”da rivoyat qilgan. Foida: Maqsad shuki, tani sihhatlik va tiriklikni g‘animat bilib, yaxshi ishlarga bog‘langlar. Aks holda bemorlik va o‘limdan so‘ng hech narsa bo‘lmaydi. O‘LIMNI ESLASh VA UNGA BO‘LGAN MUShTOQLIK عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَكْثِرُوا ذِكْرَ هَادِمِ اللَّذَّاتِ. قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، وَمَا هَادِمُ اللَّذَّاتِ؟ قَالَ : الْمَوْتُ. أَخْرَجَهُ الْحَاكِمُ فِي الْمُسْتَدْرَكِ Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollalohu alayhi vasallam: «Lazzatlarni parchalovchini ko‘p eslang!” dedilar. “Ey Allohning Rasuli, lazzatlarni parchalovchi nima?” deyishdi. “O‘lim!” dedilar u zot».  Hokim “Mustadrak”da rivoyat qilgan. عَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: الْمَوْتُ الْيَوْمَ تُحْفَةُ لِكُلِّ مُسْلِمٍ O‘LIMNI ORZU QILISh VA DUO QILIShNI MAN QILINGANLIGI عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لاَ يَتَمَنَّيَنَّ أَحَدٌ مِنْكُمُ الْمَوْتَ لِضُرٍّ نَزَلَ بِهِ فَإِنْ كَانَ لاَ بُدَّ مُتَمَنِّيًا لِلْمَوْتِ فَلْيَقُلِ اللَّهُمَّ أَحْيِنِي مَا كَانَتِ الْحَيَاةُ خَيْرًا لِي وَتَوَفَّنِي إِذَا كَانَتِ الْوَفَاةُ خَيْرًا لِي. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. وَفِي رِوَايَةٍ: قَالَ قَيْسٌ أَتَيْتُ خَبَّابًا وَقَدِ اكْتَوَى فِي بَطْنِهِ سَبْعًا فَسَمِعْتُهُ يَقُولُ: لَوْلاَ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نَهَانَا أَنْ نَدْعُوَ بِالْمَوْتِ لَدَعَوْتُ بِهِ. وَلِلْبُخَارِيِّ: لاَ يَتَمَنَّى أَحَدُكُمُ الْمَوْتَ إِمَّا مُحْسِنًا فَلَعَلَّهُ يَزْدَادُ وَإِمَّا مُسِيئًا فَلَعَلَّهُ يَسْتَعْتِبُ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Birortangiz o‘ziga etgan zarar tufayli o‘limni orzu qilmasin. Agar o‘lim tilashdan boshqa iloji qolmasa: «Ey bor Xudoyo, modomiki tiriklik menga yaxshi bo‘lsa, meni tirik qoldir. Qachon menga vafot etish yaxshi bo‘lsa, meni vafot etdir», desin», dedilar». Beshovlari rivoyat qilishgan. Boshqa bir rivoyatda: «Qays Xabbobning oldiga borsam, qorniga etti marta tamg‘a bostirgan ekan. Men uning «Agar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bizni o‘lim tilab duo qilishdan nahyi qilmaganlarida, albatta, uni tilab duo qilgan bo‘lar edim», deganini eshitdim, dedi», deyilgan. Buxoriyning rivoyatida: «Birortangiz o‘limni orzu qilmasin. Agar yaxshilardan bo‘lsa, shoyad (amali) ziyoda bo‘lsa. Agar yomonlardan bo‘lsa, shoyad qaytsa», deyilgan. BEMORLIKDA TANISIHATLIKDAGI AMALLARNING SAVOBI عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا مَرِضَ الْعَبْدُ أَوْ سَافَرَ كُتِبَ لَهُ مِثْلُ مَا كَانَ يَعْمَلُ صَحِيحًا مُقِيمًا. رَوَاهُ أَحْمَدُ وَالْبُخَارِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachon banda bemor bo‘lib qolsa yoki safarga chiqsa, Alloh taolo unga sog‘lik va muqim vaqtida qiladigan amallarning ajrini yozadi», dedilar». Ahmad, Buxoriy va Abu Dovud rivoyat qilishgan. عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو قَالَ قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِنَّ الْعَبْدَ إِذَا كَانَ عَلَى طَرِيقَةٍ حَسَنَةٍ مِنَ الْعِبَادَةِ، ثُمَّ مَرِضَ قِيلَ لِلْمَلَكِ الْمُوَكَّلِ اكْتُبْ لَهُ مِثْلَ عَمَلِهِ إِذَا كَانَ طَلِقًا حَتَّى أُطْلِقَهُ أَوْ أُكْفِتَهُ إِلَىَّ. وَكَذَا وَرَدَ فِي الْمُسَافِرِ وَالشَّيْخِ الْكَبِيْرِ Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, bir banda ibodat bo‘lgan amallardan birini o‘ziga odat qilib olib, so‘ng kasal bo‘lib qolsa, unga vakil qilingan farishtaga: «Bandamni kasalligidan forig‘ qilgunimcha yoki vafot toptirgunimcha sog‘lik vaqtida qilgan amallarining savobini yozib turgin deyiladi”, dedilar”. Bunday hadis musofirlar va keksalar haqida ham aytilgan. (Mirqot). MAShAQQATNING SABABIDAN DARAJALARNING YuQORI BO‘LIShI إِبْرَاهِيمُ بْنُ مَهْدِيٍّ السُّلَمِيُّ - عَنْ أَبِيهِ عَنْ جَدِّهِ وَكَانَتْ لَهُ صُحْبَةٌ مِنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ « إِنَّ الْعَبْدَ إِذَا سَبَقَتْ لَهُ مِنَ اللَّهِ مَنْزِلَةٌ لَمْ يَبْلُغْهَا بِعَمَلِهِ ابْتَلاَهُ اللَّهُ فِي جَسَدِهِ أَوْ فِي مَالِهِ أَوْ فِي وَلَدِهِ ». قَالَ أَبُو دَاوُدَ زَادَ ابْنُ نُفَيْلٍ « ثُمَّ صَبَّرَهُ عَلَى ذَلِكَ ». ثُمَّ اتَّفَقَا « حَتَّى يُبْلِغَهُ الْمَنْزِلَةَ الَّتِي سَبَقَتْ لَهُ مِنَ اللَّهِ تَعَالَى Ibrohim ibn Mahdiy Sulamiy, otasidan, u bobosidan rivoyat qiladi. Bobosi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan edi. U aytadi: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Albatta bandaga Allohdan u amali ila etisha olmaydigan maqom, daraja taqdir qilingan bo‘lsa, Alloh uni jasadida yoki molida yoki bolasida sinovga uchratadi. So‘ngra unga sabr qildiradi. Oqibatda Alloh taolo unga taqdir qilgan maqom, darajaga erishtiradi”. Abu Dovud rivoyat qilgan. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَا يُصِيبُ الْمُسْلِمَ مِنْ نَصَبٍ وَلاَ وَصَبٍ وَلاَ هَمٍّ وَلاَ حُزْنٍ وَلاَ أَذًى وَلاَ غَمٍّ حَتَّى الشَّوْكَةِ يُشَاكُهَا إِلاَّ كَفَّرَ اللهُ بِهَا مِنْ خَطَايَاهُ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonga qay bir musibat: horg‘inlikmi, bemorlikmi, tashvishmi, mahzunlikmi, ozormi, g‘am-g‘ussami, hattoki tikon kirishmi etadigan bo‘lsa, albatta, Alloh ular ila uning xatolarini kafforat qilur», dedilar». Ikki Shayx rivoyat qilishgan. BEMORLIK HOLATIDAGI DUO Qaysi bir shaxs bemorlik holatida bu duoni qirq bor o‘qisa, agar vafot topsa, bas shahidning barobaricha savob oladi. Agar tuzalib kesa, bas, barcha gunohlari kechiriladi. (Ahkomul mayyit). لاَ إِلَهَ إَلاَّ أًنْتَ سُبْحَانَكَ إِنِّي كُنْتُ مِنَ الظَّالِمِينَ Ma’nosi: «Sendan o‘zga iloh yo‘q, Sen poksan. Albatta, men zolimlar bo‘lgan edim». Agar bemorligida endigi bu duoni o‘qisa va vafot topsa, bas, unga do‘zaxning o‘ti tegmaydi: لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ اللهُ أَكْبَرُ، وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ، وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إلاَّ بِاللهِ Ma’nosi: “Allohdan o‘zga iloh yo‘q, U O‘zi yolg‘iz, sherigi yo‘qdir. Mulk Uniki va hamd Ungadir va Allohdan o‘zgada kuch ham yo‘q, quvvat ham yo‘qdir”. عَنْ أَبِي سَعِيدٍ وَأَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا أَنَّهُمَا شَهِدَا عَلَى رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ قَالَ مَنْ قَالَ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ وَاللهُ أَكْبَرُ، صَدَّقَهُ رَبُّهُ فَقَالَ: لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنَا وَأَنَا أَكْبَرُ، وَإِذَا قَالَ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ وَحْدَهُ قَالَ: يَقُولُ اللهُ لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنَا وَحْدِي، وَإِذَا قَالَ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ قَالَ اللهُ: لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنَا وَحْدِي لاَ شَرِيكَ لِي، وَإِذَا قَالَ: لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ، قَالَ اللهُ: لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنَا لِيَ الْمُلْكُ وَلِيَ الْحَمْدُ، وَإِذَا قَالَ: لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللهِ قَالَ: لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنَا وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِي وَكَانَ يَقُولُ مَنْ قَالَهَا فِي مَرَضِهِ ثُمَّ مَاتَ لَمْ تَطْعَمْهُ النَّارُ. رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ Abu Sa’id Xudriy va Abu Hurayra roziyallohu anhumolar, ikkilari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlariga guvoh bo‘lishgani rivoyat qilinadi: “Kim: “La ilaha illallohu vallohu akbar – Allohdan o‘zga Iloh yo‘q va Alloh ulug‘”, desa, Robbisi uni tasdiqlab: “La ilaha illa ana va ana akbar – Mendan o‘zga iloh yo‘q va Men ulug‘man”, deydi. Qachon u(banda): “La ilaha illallohu vahdah – Allohdan o‘zga Iloh yo‘q, U O‘zi yolg‘izdir”, desa, Alloh: “La ilaha illa ana vahdi – Mendan o‘zga iloh yo‘q, Men O‘zim yolg‘izman”, deydi. Qachon u(banda): “La ilaha illallohu vahdahu la shrika lah – Allohdan o‘zga iloh yo‘q, U O‘zi yolg‘iz, sherigi yo‘qdir”, desa, Alloh: “La ilaha illa ana vahdi la sharika li – Mendan o‘zga iloh yo‘q, Men O‘zim yolg‘izman, sherigim yo‘q”, deydi. Qachon u(banda): “La ilaha illallohu lahul mulku va lahul hamd – Allohdan o‘zga Iloh yo‘qdir, mulk Uniki va hamd Ungadir”, desa, Alloh: “La ilaha illa ana liyal mulku va liyal hamd – Mendan o‘zga iloh yo‘q, mulk Meniki va hamd Mengadir”, deydi. Qachon u(banda): “La ilaha illallohu vala havla vala quvvata illa billah – Allohdan o‘zga Iloh yo‘dir va Allohdan o‘zgada kuch ham yo‘q, quvvat ham yo‘q”, desa, U: “La ilaha illa ana vala havla vala quvvata illa bi – Mendan o‘zga iloh yo‘q, Mendan o‘zgada kuch ham yo‘q, quvvat ham yo‘q”, deydi”, dedilar. U zot yana: “Kim buni bemorlik vaqtida aytsa, so‘ng vafot qilsa, uni do‘zax(ning o‘ti) emaydi”, der edilar”. Ibn Moja rivoyat qilgan.  Bemorlik vaqtida sidqi dildan va rost ishtiyoq bilan bu duoni o‘qisin: اللَّهُمَّ ارْزُقْنِي شَهَادَةً فِي سَبِيلِكَ، وَاجْعَلْ مَوْتِي بِبَلَدِ رَسُولِكَ Ma’nosi: “Ey Allohim, Sening yo‘lingda shahodatni menga rizq qilib bergin va mening vafotimni Rasuling(sollallohu alayhi vasallam)ning yurtida qilgin”. Vallohu a’lam!

28 Iyul 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar