Internetdagi sahifalar

Assalomu alaykum! Hozirda o‘zimizga kerak bo‘lgan diniy ma’lumotlarni internet sahifalari hamda pley market orqali telefonlarga ko‘chirib olmoqdamiz. Bu ma’lumotlarga ishonsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shubhalanganingizdan olmay, ishonchli joylardan oling. عن الحسن بن علي رضي الله عنهما قال : " حفظت من رسول الله  صلي الله عليه وسلم : دَعْ مَا يَرِيبُكَ إِلَى مَا لَا يَرِيبُكَ ، فَإِنَّ الصِّدْقَ طُمَأْنِينَةٌ ، وَإِنَّ الْكَذِبَ رِيبَةٌ  رواه النسائي Hasan ibn Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Seni shubhaga soladigan narsani qo‘yib, shubhasizini ixtiyor qilgin. Chunki sidq, hotirjamlik. Kizb esa shak-shubhadir” deganlarini eslab qolganman". Nasaiy rivoyati. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:09 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar