Boshqa davlatda ishlash

Assalomu alaykum! Muhtaram ustozlar, hozir men O‘zbekistonda savdo bilan sho‘g‘illanib kelmoqdaman va biroz bo‘lsa ham foyda ko‘rmoqdaman. Yaqinda menga Orenburg degan joydan ishga taklif tushdi. Yashash sharoitlari yaxshi, ibodatga imkoniyat bor. Endi men tayyor ishimni tashlab, boshqa davlatda ishlashim yaxshimi? Nima qilishni bilmay xayronman. Iltimos, menga maslaxat beringlar. Sizlarning har bitta gaplaringizga amal qilishga harakat qilaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Istixora qiling. Vallohu a’lam!

28 Iyul 2022, 09:41 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar