Namozni vaqti va sud ajrimi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, 1). Telegram kanalidagi 1149 savol yuzasidan. Ya’ni namozni vaqtida o‘qimaslik. Misol uchun peshin namozi masjidda jamoat o‘qigan vaqtdan keyinrok asr namozi vaqti kirguncha o‘qish namozni vaqtida o‘qimaslik bo‘ladimi? Men ishdaman kuprok jamoat o‘qigan vaqtda emas sal kechikib, lekin keyingi namoz vaqti kirgunga qadar o‘qib olaman. Bu bilan namoz vaqtini kasddan kechiktirib o‘qigan bo‘lib qolmaymanmi? Namoz vaqti jamoat o‘qigan vaqtmi yoki keyingi nomaz kirgungacha bo‘lgan vaqtmi?
2). Men huquqshunosman, ko‘pchilik mendan “Ajrim masalasida sud tomonidan nikohni bekor qilish taloq olmasdan ajrashish mumkinmi” deb so‘rashadi. Men muslim.uz saytidagi savolga berilgan javobga ko‘ra “sud avvalgi qozi bo‘lib, uning ajrimiga ko‘ra taloq olmasdan ajrashish mumkin” deyilgan asosni olib mumkin deb aytar edim. Lekin telegram kanalidan berilgan sizlarning bu masala xususidagi javoblaringizni o‘qib fikr berishdan to‘xtab qoldim. Men shu vaqtgacha muslim.uz saytini asos qilib bildirgan fikrlarimga gunohkor bo‘lib qolmadimmi? Men sizlarning javobingiz to‘g‘ri degan fikrga keldim. Iltimos bu masalaga yordam beringlar. Sababi mendan juda ko‘p so‘rashadi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Asrning vaqti kirgunicha peshinni o‘qigan odam o‘z vaqtida o‘qigan hisoblanadi. 2). Ularni nega unday deganining tafsilotidan biz bexabarmiz. Lekin er taloq qo‘yishga rozi bo‘lmasa, sud tomonidan ajrim qilgani bilan ayolga taloq tushmaydi. Vallohu a’lam!
28 Iyul 2022, 10:08 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar