Qizlarining sepiga olib qo‘yilgan tillalardan zakot
Assalomu alaykum! Tillalarimdan zakot berish shartligini bilgach barcha yildagi zakot pullarimni berdim. Ammo tillalarim hamon nisobdan oshgan. Mening 2 ta balog‘at yoshiga etmagan 7 va 2 yoshli kichkina qizlarim bor. Shu sababli tilla taqinchoqlarimni o‘zimga va 2 qizimga bo‘lib qo‘ydim. Shunda tillalarim nisobga etmas ekan. Qizlarimni uzatganimda shu tillalarni berish niyatidaman. Ammo u payt kelguncha ularga ajratgan tilla taqinchoqlarni o‘zim taqib yuribman. Bu ishim to‘g‘rimi? Buning uchun zakot berishim shartmi yoki yo‘q?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ularga atab qo‘yishning o‘zi kifoya qilmaydi. Zakotdan qochish uchun shunday qilgan bo‘lsangiz gunohkor bo‘lasiz. Bolangizni mulki qilib qo‘liga topshirsangiz va ular qabul qilib olishsa, to ular izn berish layoqatiga ega bo‘lgunicha, ularning izni-ruxsatisiz sizni foydalanishingiz joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:55 | Savol-javoblar | 138 | Zakot