Kino film

Assalomu alaykum! Ustozlar men hozir Rossiyani Moskva shahrida ishlayman, Moskvani ko‘chalarini birida kinoteatrni afishasida "Muxammad poslannik boga" deb nomlangan yangi filmni qo‘yib ko‘rsatishayapti ekan. Bu film haqida batafsil o‘qisam Eronliklarni filmi ekan, rejisyor Madjid Madjidiy degan inson ekan. Sizlarda bir ma’lumot bo‘lsa kerak deb o‘yladim. Biz kirib ko‘rsak bo‘ladimi shu filmni?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Saudiya muftiysi, ulamolar hay’ati raisi shayx Abdulaziz Ol Shayx ushbu filmni «Shariatga muxolif, Islomga qarshi» deb vasflagan. Uni tamosha qilishdan ogohlantirib, «Filmda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam istehzo qilinganlar, qadrlari tushirilgan, filmning maqsadi Islomni buzib ko‘rsatishdir» deb aytgan. Al-Azhar ulamolari esa film loyihasini rasman tanqid ostiga olib, suratga olish ishlarini to‘xtatishga chaqirganlar. Islom Olami Robitasi ham bu filmni qoralab chiqqan. Rais Abdulloh Turkiy jumladan : «Filmni namoyish qilishni to‘xtatish va man qilish zarur. Chunki bu film Alloh bizga buyurgan narsa, ya’ni Muhammad sallollohu alayhi vasallamni e’zozlashga ziddir» degan. Vallohu a’lam!

24 Aprel 2022, 14:33 | Savol-javoblar | 150 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar