"O‘likning yuzini ochish"

Assalamu alykum Shayx Hazratlari sizg asavolimiz quyidagilardan iborat;1 mayit qabrdan qo‘yilgandan keyin, kafanga bog‘langan tugunlar echiladi, bu haqda sizning Kifoya kitobingizda ham boshqa kitoblardan ham ma‘lumotlar berilgan, lekin viloyat imomlaridan biri o‘zining bir kitoblarida "Mayit qabrga qo‘yilgandan keyin uning yuzi ochib qo‘yiladi, kafanni tishlab qolmasligi uchun" deb yozibdilar. Biz bu haqda ma‘lumot topolmadik, qaysi kitoblardan mana shu yuzni ochish yoki ochmaslik haqida ma‘lumotlar bor? Javobingiz uchun oldindan rahmat!2 imomga iqtido qilgan kishi, imomdan bir rukun orqada qolib ketsa, M; imom 1 - rakatning 2 - sajdasida bo‘lsayu muqtadiy birinchi rakatning rukusida bo‘lsa, muqtaditning namozi nima bo‘ladi???3 Imom domla Namozda adashib bir sajdani qoldirib ketsa farz ado bo‘ladimi..?4 Kelin uchun beriladigan qalin puli, mahr xisobga o‘tadimi? Savollarimiz turlicha bo‘lganli sababli sizdan oldindan uzr soraymiz.ALLOH SIZDAN ROZI BO‘LSIN!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Mazkur imom domla yozgan ma’noni men kitoblarda ko‘rmadim.2. Imomdan siz aytgan shaklda qasddan ortda qolsa, namozi buziladi. Qasddan qolmasa, buzilmaydi.3. Imom domla sajdani qoldirsa, unga takbir orqali eslatish kerak. Agar imom luqmani olmasa, muqtadiylar o‘zlari ikkinchi sajdani qilib olishaveradi. Imom keyin sajdani qilib, sajdai sahv ham qiladi.4. Mahrni niyat qilsa, bo‘ladi.

29 Aprel 2022, 05:35 | Savol-javoblar | 201 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar