Alomatmi yoki irim
Assalomu alaykum! Alloh taolo bandasiga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish uchun alomatlar beradimi? Masalan menda bir inson haqida o‘ylasam biror erga qoqilib ketaman yoki kimdir nimanidir tushirib yuboradi va o‘sha inson men uchun hayrli emas ekan degan tassavvurlar shakllanadi. Shunga o‘xshash vaziyatlar... Yoki bo‘lmasa kimdir nimanidir gapirayotgan payt yonida kimdir birdan aksa urib yuboradi, Va gapim haq rost, seni aksa urganing buning isboti... aksa urish farishtadan deyishadi. Savolim chindan ham shunday alomatlar bo‘lishi mumkinmi? Yoki bularning bari noto‘g‘ri tushunchalar va irimlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz sanab o‘tganlaringizning birortasi alomat emas. Alloh taolo bizlar to‘g‘ri hayot kechirishimiz va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishimiz uchun o‘z shariatini nozil qilib qo‘ygan. Shunga amal qilish kerak. Vallohu a’lam!
5 Oktabr 2023, 14:44 | Savol-javoblar | 0 | Ruhiy tarbiya