Shahvoniy xayollarga berilmaslik
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar savolim noo‘rin bo‘lsa sizlardan uzr so‘rayman. Men oliygohda o‘qiyman. Niyatim kelajakda o‘z kasbimni Alloh qodir qilgancha mukammal egalash va chuqur ilm olish. Lekin hozir menga eng xalaqit berayotgan va chalg‘itayotgan narsa shahvoniy nafsimning kuchliligi hamda har xil shahvoniy xayollarga berilish. Shu vaqtgacha Allohning yordami bilan zinodan o‘zimni tiyib kelganman ammo kundan kunga nafsim kuchayib o‘zimni tiyib yurishim qiyinlashyapdi. Menga irodamni yanada kuchaytirish va shahvoniy xayollarga berilmasligim uchun qanday maslahatlar berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirdan boshlab birorta ham namozni qazo qilmaslikni qattiq maqsad qiling. Ulamolarimiz sizni yoshingizdan to 32 yoshgacha “Shoobb” yigitlik davri bo‘ladi deyishgan. Bunda qilingan tavba keksa yoshdagilarning tavbasidan ming bora afzal. Bu yoshda gunohdan tiyilish keksalarni mingta gunohdan tiyilishidan afzal. Bu yoshda qilingan ibodat qiyomatning dashtu-sahrosida Arshning soyasidan soyalanishga sabab bo‘ladi. Qilingan har bir solih amal Allohning nazdida o‘ta qadrli bo‘ladi – deganlar. G‘animat biling, bu imkoniyatni bema’ni narsalar bilan bulg‘ab qo‘ymang. Bu umr evazi jannat bo‘lishi uchun berilgan. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 05:35 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar