Men uchun juda muxim bo‘lgan savol

Assalomu alaykum ! Xurmatli ustozlar Alloһ ilmingizni ziyoda kilsin , bizdek ilmsiz insonlarga ilm ulashyapsiz , Alloh ajrini bersin . Meni savolim , kanday kilib inson uzini , qalbini uzgartirsa buladi? Men judayayam kup maruzalar eshitaman , afsuski ular menga usha eshitayotgan vaktimni uzidagina ta’sir qiladi . Nima qilsam xam uzimni tugirlay olmayabman , xar kuni namozlarni uz vaktida ukiyman deb , azon aytganini eshita turib xam ,namoz ukishim kerakligini bilib xam , telefonim kuyib namozni uz vaktida ukishga turmayman , oxirgi kunlarda juda kechiktirib ukiyapman . Kanchalik gunoxkor ekanligimni anglayman , lekin uzimni tugirlamayman . Xar kuni uzimga , ertadan 2 yillik kazo namozlarimni birma bir ukishni boshlayman deb , barbir ukimayman . Istalgan paytda jonim uzilishi mumkinligini bilib xam , xarakatimni kilmayman . Maruzalarda kup eshitaman , gunox insonni kalbiga , tanasigaxam ta’sir kiladi deb , menam doimo tanamda ogirlik xis kilaman , xattoki uykidan uygonishimda ogir bulib turaman , xech engillik xis kilmayman , umuman tayinli ishim xam yuk , lekin doim charchoklik xis kilaman . Yuragimdaxam doim qandaydir g‘am bor , xech yorishmaydi , juda g‘azabim yomon bulganidan , xattoki uzimni aka ukalarim xam mendan qochishadi. Alloһdan surashni urniga bandalaridan umid qilib qolaman . Menga doim men Alloһga duo qilishga loyiq emasdek tuyiladi , gunoxlarimni kupligidan Alloһ duoyimni qabul qilmvydigande tuyiladi , bu fikrlarim juda notog‘ri bilaman , lekin shu fikrlarni uzgartira olmayamman . Bir kun ichida 6 , 7 soatlab vaqtim , ba’zida esa kunimni yarmi telefon bilan , yoki uyqu bilan utyapti , ilm olishni boshlasa uzog‘i bilan 1 oydan keyin tashab ketaman . Gunoxlar butqog‘iga botib ketyapman. Yoyoshligimdan shunday bulganman , bizni uyimizda Alloһni menga tanitadigan , chinakam ibodat qilishni urgatadigan , islomni tanitadigan odam bumagan . Oilamdagilar xamma ibodatlarni qilishadi , ammo tulig‘icha emas , xamma ibodatlar nomiga qilinadi , mukammal darajada emas . Yoshligimizdan dunyoga berilib katta buldik , uy ishlari bilan , vaqtni bekorga sarflash bilan , islom xaqida bizga xech kim urgatmadi , uzlarinikiga uxshagan chala xolda urgatishdi , g‘iybat qilish yomon deb uzlari g‘iybatga urgatishdi . Uyimizdagi eng kichik bolaxam televizor , telefon bilan ovora , urishib beradigan xech bir inson yuq, chunki kattalarni uzi shunday , vaqtlarini bexudaga sarflashadi , farzandlariga namuna bulib. Men Bunday xolda yashashni xoxlamayman , kelajakda uzimga uxshagan , gunoxga botgan, jufti xalolim , farzandlarim bulishini xoxlamayman , chin iymonli musulmon bulishni xoxlayman . Nima qilsam shu xamma narsalardan qutilaman , qalbim xam taskin topadi , tanam xam kuchga kiradi , iymonimxam mustaxkamlashadi ? Xayotimni uzgartirmasan, xayotim kofirlarni xayotidak bulib qolyapti . Javobingizni intiqlik bilan kutaman . Savolni noto‘g‘ri bergan bulsam uzr surayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Solih insonlar bilan hamsuhbat bo‘lish lozim. Alloh taolo “Tavba” surasi 119-oyatida marhamat qiladi :يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اتَّقُواْ اللّهَ وَكُونُواْ مَعَ الصَّادِقِينَ۝Ey iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va sodiqlar ila birga bo‘linglar! 
Qachongacha birga bo‘lish kerak – degan savolga, “to ularga o‘xshaguninglarcha” deyilgan. Nimaga yaqin yursang yuqadi – degan gap eng sodda va tabiiy misoldir. Vallohu a’lam!

5 Avgust 2022, 20:13 | Savol-javoblar | 176 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar