Atalgan qo‘y
Assalomu alaykum! Qurbon xayitiga 2 kun qolganda bir tanishim o‘g‘liga 2 ta qo‘y so‘yib aqiqa qilmoqchi edi 1 tasini qurbonlik qil 1 tasini aqiqa qilsang xam bo‘ladi dedim yana xam biron ilmli odamdan so‘ra dedim, qurbonlikni vojib qiladigan shartlar topiladi u bola boy. Boshqa odamdan so‘rabdi u odam niyat qilib olibsan aqiqa qil debdi shu bilan u bolaga aqiqa qildi qurbonlik qilmadi shu odamni gapi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha odam bilmagan narsasiga fatvo beribdi. Qurbonlik zimmasiga vojib bo‘lgan odamga qurbonlik qilish shart edi. Aqiyqa bu mustahab amal, uni qachon bo‘lsa ham qilishi mumkin edi. Endi o‘sha tanishingiz o‘rtacha bir qo‘yni pulini faqir-miskinlarga tarqatib yuboradi. Vallohu a’lam!
5 Avgust 2022, 20:33 | Savol-javoblar | 184 | Turli savollar