Nomahramlar suhlabtlashishi mumkinmi

Assalomu alaykum! Bir yigit boshqa bir nomahram qiz bilan telefonda va ijtimoiy tarmoqlar orqali faqat yaxshilik Haqida gaplashsa masalan Yigit qizga Namoz õqish haqida.yaxshilik qilish haqida.gunoh ish qilib qõymaslik haqida gaplashsa Ya’ni yigit nomahram qizga Dindan bilganicha ta’lim bersa mumkinmi. Telefonda va telegram yoki shunga õxshash tarmoqlar orqali gaplashib. Bu ishga Dinimizda Qanday hukm bor. Gaplashgani joizmi yoki nojoiz. Va ikkinchi savolim Jamiyatimizdagi ayol qizlarning buzilib ketayotgani uchun ya’ni biz uchun umuman Begona va Nomahram bolgan ayol qizlarning Hayotiga aralashib ularni to‘g‘ri yolga boshlashga harakat qilishimiz Kerakmi yoki õzimizning mahramlarimizni opa singil juft halolimizni to‘g‘ri yolga boshlasak boldimi. Boshqa ayol qizlarning Buzilib ketayotgani haqida biz ohiratta javob bermaymizmi. Savolim bir oz g‘alatiroq tuyulishi mumkin Ammo shularni yozishga majbur buldim chunki Dostim shular haqida oylab ozini ozi qiynab qoyayapti Va Jamiyattagi odamlarning yomonlashib ketgani haqida ham oylab ozini ozi battar tushkunlikka tushiryapti. Sizlardan iltimos Shu Holatga batafsilroq maslahat bersangizlar Biz Faqat oilamiz va yaqinlarimiz uchun mas’ulmizmi yoki unday emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarish har bir mo‘minning zimmasidagi farzdir. Kishi biror nomahramni munkar ish qilayotganini ko‘rsa qudrati etsa uni bundan qaytarishi lozim. Ammo savol beruvchi yozgan so‘zlariga qaraganda, dinni o‘rgatish bahonasida nomahram qiz bilan ishqiy munosabat qurishga ijozat so‘ralmoqda. Bilib qo‘ysin, Alloh isloh qilguvchi bilan fasod tarqatguvchini yaxshi bilur. U zot qalblardagi yashirin sirlarni ham biladi.  Hozirgi davrda ayol-qizlarimizga dinni o‘rgatish uchun ularning ota-onasi, aka-ukasiga ta’lim berish to‘g‘ri bo‘ladi. Ular o‘z navbatida qo‘l ostidagilarni tarbiya qiladilar. Vallohu a’lam!

5 Avgust 2022, 20:53 | Savol-javoblar | 182 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar