Sog‘ligim ko‘tarmaydi

Assalomu alaykum! Mening yoshim 16da. Men yaqinda g‘usl qilish haqida eshitdim va g‘usl qilishni o‘rgandim. Faqat bir muammo bor. Ya’ni g‘usl qilishga sog‘ligim ko‘tarmaydi. Ya’ni boshim to‘g‘rirog‘i miyyam suvdan qo‘rqadi. Boshimdan suv qo‘yib yubora olmayman. Mazam bo‘lmay qoladi. Hatto cho‘milganimda ham tanamni alohida, keyin boshimni sekin alohida yuvaman. G‘usl qilganda boshdan suv quyish kerak ekan. Men esa sog‘ligim tufayli boshimdan suv quya olmayman. Shunga g‘usl vojib bo‘lganda qanday g‘usl qilsam bo‘ladi? Yoki boshimdan suv quymasdan qo‘limga suv olib boshimni qo‘lim bilan ishqalab yuvsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘usl durust bo‘lishi uchun qanday ko‘rinishda bo‘lsa ham butun badaningizni, jumladan boshingiz va sochingizni undan suv tomadigan darajada  yuvishingiz shart.  Biror tuk quruq holda qolmasligi kerak. Vallohu a’lam!

6 Avgust 2022, 11:42 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar