Valyuta almashtirish haqida
Assalomu alaykum! Hozirgi paytda naqd pullar qo‘ldan chiqish arafasida, ko‘pchilik odamlarda pullar kartasida bo‘lyabdi, savolim naqdsiz turli valyutalarning savdosi qanday bo‘ladi? Masalan, bir odam menga rubl yuborsa men unga 5 daqiqadan keyin so‘m yuborsam, shar’an hukmi qanday? Fatvo shopping emas, bu borada izlansam, ikki odam darslarida aytilganki, deoband olimlari xozirgi valyuta savdosini bay’us sarf ga kirmaydi, shuning uchun bugin rublni olib ertasiga so‘m qilib qaytarish mumkin, bitim vaqtidagi kurs bilan deb aytdilar? Bu qanchalar to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kundagi qog‘oz pullar tillo va kumush hukmidadir. Shunga ko‘ra bir valyutani boshqa valyutaga sotayotganda bir vaqtning o‘zida oldi-berdi qilinishi shart. Bu haqida kelgusida alohida maqola yozilib, taqdim etiladi. Vallohu a’lam!
6 Avgust 2022, 12:22 | Savol-javoblar | 164 | Moliya va tijorat