Sud harajatlarini kim to‘laydi

Assalomu alaykum! Qarzni vaqtida yopmastan, vadasida turmagan qarzdorlarni sudga berilganda, sudga to‘langan davlat boji va pochta harajatlari ham undiriladi. Ya’ni sud javobgarning bo‘yniga qo‘yadi. Shu undirilgan pullar halolmi? Ya’ni sudga to‘lagan pulimizni javobgar asosiy qarzi bilan bizga qaytarib beradi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar sudni pulingizni olib berishga ijaraga olgan hisoblanasiz. Ijarani haqini ijaraga olgan taraf to‘lashi kerak. Bu bizni bilganimiz. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 18:35 | Savol-javoblar | 150 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar