Onamning nomlaridan qurbonlik

Assalomu alaykum! Bu yilgi qurbonlik bayram da 3 ta qo‘y so‘yib, onamning, xotinimning va o‘zimning nomimdan deb so‘ydirdim. Lekin ikkalalariga xam bu xaqida aytmadim. Ikkalarida xam nisobga etgan mollari bor. Islom.uz saytidan quyidagiyaa o‘qib qoldim. Ayol kishi nisob egasi bo‘lsa zimmasiga qurbonlik qilish vojib bo‘ladi. U o‘z pulidan qurbonlik qiladi. Agar naqd puli bo‘lmasa eri yoki boshqalardan olib yoki taqinchoqlaridan sotib qurbonlik qiladi. Yoki er ayolning ijozati bilan uning tarafidan qurbonlik qiladi. Agar er ayolining nomidan qurbonlik qilishga ijozat olmasa yoki uni habardor qilmasdan so‘yib yuborsa ayolning qurbonligi ado bo‘lmaydi. Fatavoyi Olamgiriyada «Kishining zimmasiga balog‘atga etgan farzandlari va ayoli tarafidan qurbonlik qilishi vojib emas. Lekin ijozat bersalar joiz» deyilgan. Savol 1. Men qilgan qurbonliklar onam va xotinim nomimdan o‘tdimi yoki ular boshqattan qurbonlik qilsinlarmi. 2. O‘tmagan bo‘lsa bu 2 ta so‘yilgan jonlikning xukmi nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qurbonlik bu ibodatdir. Ibodat durust bo‘lishi uchun uni niyat qilish shart. Onangiz va xotiningizning nomidan ularning iznisiz jonliq so‘yganingizda ularning niyati topilmagani uchun durust bo‘lmagan. Agar ular nisob egasi bo‘lsalar qurbonlik qilishlari vojib edi. Endi har birlari bittadan qo‘yning qiymatini sadaqa qilishlari lozim.2). Qurbonlik durust bo‘lmagan. Vallohu a’lam!

6 Avgust 2022, 15:02 | Savol-javoblar | 190 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar