To‘ydan oldin "haromsan" desa

Assalomu alaykum! Ikki unashtirilgan yigit va qiz orasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Yigit jahl ustida "Sen menga bir umrga haromsan"-, deb qasam ichib qo‘ydi. Lekin vaqt o‘tgandan so‘ng jahlidan tushib, o‘sha qizni nikohiga olmoqchi. Shu ishi to‘g‘rimi? Qasaminining kafforotini bajarib keyin nikohiga olsa, bo‘ladimi? Hali nikoh qurmay turib ichilgan bu qasam o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu qasam emas. Nikohlanishlari mumkin. Vallohu a’lam!

6 Avgust 2022, 14:52 | Savol-javoblar | 190 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar