Qarindoshning vafotidan so‘ng gilam to‘qish

Assalomu alaykum! Biz shaxarda yashaymiz 21.06.2022 sanada Amakim olamdan o‘tdilar oradan 20 kun o‘tib qurbon hayiti bayramiga onam bilan men onamning otalarini uyiga qishloqga bordik. Qurbon hayiti o‘tgach men uyga qaytdim. Onam esa qoldilar u yerda qo‘l bola gilam to‘qish ishlarini bir ikkita singlisi va kelinlari bilan amalga oshirdilar. Keyin amakimni beva ayollari hamda farzandlari onamdan sen otamizni hali qirqi ham o‘tmasdan turib Qurbon hayitiga qishloqga ketding. Buyam yetmagandek singillaring bilan gilam to‘qiding Marhum dadamni oyoq osti qilding shu gilamni keyin ham to‘qisang bo‘lardiku yetmaganday qarindoshlaring bilan to‘qibsan kabi gaplar bilan bizdan arazlab qarindosh urug‘chilik aloqalarini uzishmoqchi. Savolim shundan iboratki biz amakim vafotidan 20 kun o‘tib qurbon hayitiga borganimiz hamda gilam to‘qib xato ish qildikmi? Agar xato qilmagan bo‘lsak iltimos qarindoshlarimiz bizdan xafa bo‘lishmasligi uchun ularga xatolarini tushuntirib javob yozinglar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha qarindoshlar bekorlarni aytishibdi. Dini bilmaslik shunday axmoqgarchiliklarga sabab bo‘ladi. Shariatimizda uch kundan ortiq aza tutish harom hisoblanadi. عَنْ حُمَيْدِ بْنِ نَافِعٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: أَخْبَرَتْنِي زَيْنَبُ بِنْتُ أَبِي سَلَمَةَ بِهَذِهِ الْأَحَادِيثِ الثَّلَاثَةِ قَالَتْ: دَخَلْتُ عَلَى أُمِّ حَبِيبَةَ زَوْجِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ حِينَ تُوُفِّيَ أَبُوهَا أَبُو سُفْيَانَ، فَدَعَتْ بِطِيبٍ فِيهِ صُفْرَةٌ خَلُوقٌ أَوْ غَيْرُهُ، فَدَهَنَتْ مِنْهُ جَارِيَةً، ثُمَّ مَسَّتْ بِعَارِضَيْهَا، ثُمَّ قَالَتْ: وَاللهِ مَا لِي بِالطِّيبِ مِنْ حَاجَةٍ، غَيْرَ أَنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ عَلَى الْمِنْبَرِ: لَا يَحِلُّ لِامْرَأَةٍ تُؤْمِنُ بِاللهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ تُحِدُّ عَلَى مَيِّتٍ فَوْقَ ثَلَاثِ إِلَّا عَلَى زَوْجٍ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَعَشْرًا Humayd ibn Nofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Menga Zaynab bintu Abu Salama ushbu uch hadisning xabarini berdi. U:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jufti halollari Ummu Habibaning oldilariga otasi Abu Sufyon vafot etgan paytda kirdim. U sariq rangli aralash yoki boshqa xushbo‘y narsa keltirishlarini so‘radi. Undan bir qizchaga surtib ko‘rdi-da, keyin o‘zining ikki yuziga surtib turib, «Allohga qasamki, hozir xushbo‘y narsa surtadigan holim yo‘q, ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning minbardan turib, «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ayol uchun biror mayyit uchun uch kundan ortiq aza tutishi halol emas. Faqat eriga to‘rt oyu o‘n kun tutadi», deganlarini eshitgan edim», dedi».

Beshovlari rivoyat qilganlar.
Motam ayol kishining eri o‘lganda to‘rt oy o‘n kun, yaqin qarindoshi o‘lganda uch kun pardoz-andoz va ziynat narsalarni qilmay turishidan iboratdir. Bundan boshqa hech narsa motamga kirmaydi. Vallohu a’lam!

21 Avgust 2022, 22:12 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar