Sochni taramay joynamozga chiqish

Assalomu alaykum! Bir dugonamning buvisi ayol kishi sochni taramay joynamozga chiqishi gunoh hisoblanadi degan ekanlar. Lekin aynan sahihligini isbotlab berolmadi. Agar shunga o‘xshash hadis bo‘lsa, manba bilan isbotlab berolasizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namoz o‘qiyotganda ayolning yuzi va ikki kaftidan boshqa barcha eri to‘silgan bo‘lishi shart. Shu jumladan sochi ham. Ammo “sochni tarab namoz o‘qish lozim” degan hukm yo‘q. Vallohu a’lam!

21 Avgust 2022, 22:02 | Savol-javoblar | 168 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar