Ukamning oilasi

Assalomu alaykum! Kp o‘ylab bu savolni berishga qaror qildim oilada katta farzandman mandan keyin 2 ta ukam bor kenja ukamizni uylantirganimizga 3 yil bo‘ldi. Hozirda ukam ota onamiz bilan birga qolgan bizlar alohida bo‘lib uy joy qilib ko‘chib chiqib ketganmiz. Ukamni xotini bilan onam kelisha olmayapti. Ukam aytadi xotinim kelishib yashamasa ajrashaman deydi xotini esa ajrashmayman alohida yashaylik deyapti. Shunaqa vaziyatda ukamga qanday maslahat bersam bo‘ladi. Alohida yasha desam otamni onamni norozi qilgan bo‘ladi ajrashgin desam ukamni bitta farzandi bor u tirik etim bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu so‘rab o‘tiriladigan masala emas. Nahotki kishilar shunday masalada haq bilan nohaqning orasini ajrata olmaydigan bo‘lib qolishgan bo‘lsa? Ikki inson kelishib, ahil bo‘lib bir uyda yashashi shunchalik qiyin bo‘lib ketdimi? Erlar o‘z xotinlari bilan ota-onalari orasini isloh qila olmaydigan darajada noshud bo‘lib qoldilarmi? Xotinlar erlarining onalarini hurmat qilmaydigan darajada manman bo‘lib ketishdimi? Ota-onasini rozi qilsin. Bu taloq qo‘ysin degani emas. Vallohu a’lam!

21 Avgust 2022, 22:22 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar