Ish vaqtida ibodat

Assalomu alaykum! Men o‘qituvchi(repititor)bo‘lib ishlayman. Ishim o‘zimga juda yoqadi. Faqat bir narsaga boshim qotdi. Asr, shom namozlari payti darsda bo‘laman. 5-10 minutga chiqib namoz o‘qib kelay desam bolalar dars soatiga pul to‘lashadi, darsdan keyin qolib o‘tib beray desam boshqa guruhlarim kelishadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozni bunday sabablar bilan qazo qilish aslo joiz emas. O‘quvchilar bilan kelishuv qilayotganda muayyan paytda 5-10 daqiqalik tanaffus qilishingiz mumkunligini shartlashing. Vallohu a’lam!

21 Avgust 2022, 23:12 | Savol-javoblar | 171 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar