Savdo vakili

Assalomu alaykum! Men bir ishlab chikaruvchi zavodni savdo vakiliman. Raxbarim bilan bo‘lgan kelishuv xar sotkan tovarimdan 1$ dan menga oylik qilib chiqarib beradila. Lekin menga berilgan tovarni narxi 10$ bo‘lsa men xaridorga 12$ga sotib qo‘shimcha 2$ daromad ko‘rishim joizmi? Raxbarim xabarlari bor va qarshi emasla qimmatroga sotayotkanimdan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mahsulot egasining iznisiz joiz emas. Rahbaringiz qarshi emasligini yozibsiz, rahbaringiz bunga izn berishi uchun avvalo uning o‘zida  mahsulotni bunday tasarruf qilishga vakolat bo‘lishi lozim. Vallohu a’lam!

21 Avgust 2022, 23:22 | Savol-javoblar | 179 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar