Ishlab chiqarishda sheriklikka

Assalomu alaykum! Aytaylik meni bir do‘stim menda biznes g‘oya bor lekin men bu biznesni boshlashim uchun mablag‘im yo‘q desa, siz pul tiksangiz bir uskuna olsak u uskunada 17 xil narsa ishlab chiqarsa bo‘ladi desa. Men pulni tikib usha apparatni birgalikda olib kelsak. 17 xil narsadan birini ishlab chiqarishni boshlasak. Lekin bu 17tadan atiga 1tasini ishlab chiqaryotganimmizda tushayotgan daromad meni qoniqtirmasa. Qolgan 16xil narsadan birini ishlab chiqarishga menda xam sherigimda xam mablag‘ yo‘q bo‘lsa. Men bir boshqa 3-shaxs topsamda u bilan sheriklikda qolgan 16 xil narsadan birini ishlab chiqarmoqchi bo‘lsam. Buni talabi qanaqa bo‘ladi? 1-maxsulotdan tushgan foydani g‘oyani kiritgan sherigim bilan 2ga bo‘lsam, 2-maxsulotdan tushgan foydani esa 3-shaxs bilan ten 2ga bo‘lishib olsam avvalgi sherigimga ulush ajratmasak. To‘g‘ri bo‘ladimi bu ishda shariatning xukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri bo‘ladi. 3-sherikni qo‘shish uchun o‘sha do‘stingiz bilan hozirda yurgizib turgan sherikchilikni tugatishingiz, sarmoyangizni chiqarib olib, foydani taqsimlashingiz, shundan so‘ng 3-shaxsni ham qo‘shib yangi sherikchilik tuzishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

23 Avgust 2022, 23:34 | Savol-javoblar | 147 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar