Shu ishim ribo emasmi?

Assalomu alaykum! Men Stomatologman. Bir bemorimga tish qo‘yib berdim. Puli 3 milionga yaqin bo‘ldi va bemor pulni kamrog‘ini berib 1 million 800 ming so‘m qarz bo‘ldi. Qarzni 10 iyunga keltiraman deb vada berdi. Lekin 10 iyunda ketirmadi. Keyin 20 iyun kuni kelib tishni qolgan yarmini xam qo‘yaylik deb keldi pulni bir oydan keyin (ya’ni qarzini) keltiraman deb aytdi. Men rozi bo‘ldim. Lekin qarzni 20 iyulgacha keltirmasa, 20 iyuldan bir kun o‘tsa xam qarziz 1 million 800 ming emas 2 million besh yuz ming so‘m bo‘ladi deb shart qo‘ydim. Bemorim rozi bo‘ldi. Ana endi savolim shuki aytilgan muddatda keltirmagani uchun pulni 2 million besh yuz ming so‘m deb aytganim ribomi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ribo bo‘ladi. 1 million 800 mingdan oshiq olmang. Vallohu a’lam!

23 Avgust 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 172 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar