Shogirtlar foydasidan ulush

Assalomu alaykum! Ishxonamizda oshpazlarning tijoratiga yordam beradigan loyixamiz bor va shu loyixamizga engilik qilib, bir nechta oshpazlarga o‘zlariga shogirt olishligiga sharoit yaratib bermoqchimiz va ular kelajakda shu shogirtlarining topgan pullaridan malum bir qismini olishadi. Savol, shu ish shariatga joiz bo‘ladimi? Xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ustoz o‘z shogirdlarining topgan foydasidan ulush olish uchun biror shar’iy asos bo‘lishi lozim. Ustoz ekanligining o‘zi bu uchun asos bo‘la olmaydi. Vallohu a’lam!

27 Avgust 2022, 13:56 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar