Ota bilan farzand muomilasi

Assalomu alaykum! Mani 2 o‘g‘lim ishlayapti men uyda bekorman ularni pulidan ularga aytmasdan ota onamga ishlatsam meni bir o‘g‘lim noto‘g‘ri ish qilibsiz beruxsat ishlatishingiz mumkin emas deyabdi man xato qildimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘g‘lingiz xato fikrlabdi. “Hadis va Hayot” kitobida quyidagicha kelgan:جَاءَ رَجْلٌ إِلَى النَّبِيِّ فَقَالَيَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ لِي مَالًا وَوَلَدًا وَإِنَّ وَالِدِي يَحْتَاجُ مَالِي، فَقَالَأَنْتَ وَمَالُكَ لِوَالِدِكَرَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ«Bir odam Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
«Ey Allohning Rasuli, mening molim, bolam bor va shu bilan birga, otamning molimga ehtiyoji bor», dedi. U zot:
«Sen ham, moling ham otangnikidir», dedilar». 

Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat qilganlar.
Sharh: Shu ikki rivoyatdan ulamolarimiz «Ota-onaning nafaqasi bola uchun vojibdir», degan hukmni olganlar.
Imom Shofe’iy «muhtoj» so‘zini e’tiborga olib, «agar muhtoj bo‘lsalar», degan shartni qo‘shganlar.
Ammo jumhuri ulamolar «Muhtoj bo‘lsalar ham, bo‘lmasalar ham, baribir. Chunki bola kasb bo‘lganidan keyin muhtoj bo‘lishi shart emas», deganlar. Vallohu a’lam!

27 Avgust 2022, 14:06 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar