O‘ziniki bo‘lmagan pulni zakoti
Assalomu alaykum! Meni mashina urdi (bu haqida ichki ishlarga habar bermadim) og‘ir tan jarohati olmadim, meni urgan odam shifoxonaga olib borib barcha dori darmonlarimni olib berdi o‘z hisobidan, men hech qanday harajat qilmadim keyin uyimizga olib kelib qo‘ydi va qo‘limga 100 Aqsh dollari berdi (Nima maqsadda berganini bilolmadim) men olmadim lekin qancha rozi bo‘lmasakda qo‘yarga qo‘ymay sumkamni cho‘ntagiga soldi qilgan ishidan pushaymon bo‘lib, lekin bizga u pul kerak emas. Savolim: Men bu pulni zakot qilsam bo‘ladimi zakotni uni nomidan qilaymi yoki o‘zimni nomimdan yani kim haqli? Agar zakot qilsam o‘zimni ammamga qilsam bo‘ladimi ular ajrashgan ayol, bitta o‘g‘illari bor uy-joy qilyaptilar (ko‘plar ajrashgan bo‘lganliklari uchun u kishiga moddiy yordam qiladi) uylariga eshik olishga sarflamoqchilar shu kishiga bersak to‘gri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U pulni sizga mulk qilib beribdi. Uni ehson qilishingiz shart emas. Agar ehson qilaman desangiz xohlagan insoningiz nomidan ehson qilishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
27 Avgust 2022, 16:26 | Savol-javoblar | 170 | Zakot