Tayammum xakida
Assalomu alaykum! Men va 2do‘stim Rossiyada stroykada ishlaymiz. Ish joyimizda nomoz o‘qishga sharoit juda qiyin issik suv yo‘q suv isitishchun vagon uzoq shunga peshin, asr shom nomozlarini tayammum qilib o‘qiyabmiz bomdod bilan xuftonni kvartirada doimgiday o‘qiymiz. Qiblaga yuzlanishchun buerda telefon kompasi bilan o‘qiymiz lekin goxida xarxil ko‘rsatadi biz nima qilaylik bu noqulay bo‘lyapdi. Menga xato qilgandek sezyapman o‘zimni. Yoki qo‘ldan kelgancha aniqlab ukiyveraylikmi sababni kilib Baqara 115-oyatda bu xakda aytilganiga suyangan xolda??
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘ldan kelgancha aniqlab o‘qiyverasiz. Sizlar bitta termos sotib olinglar. Ishga ketayotib o‘sha termosga qaynoq suv quyib olinglar. Oyoqqa to‘pug‘dan balandroq kazonniy yoki piyma etikmi kiyib olsangizlar o‘shanga mash tortib namoz vaqtida echmasdan o‘qiyverasizlar. Tahorat qilish uchun yarim litr suv etadi. Bir a’zoni yuvib, artib keyingi a’zoni yuvib yana artib tahorat qilaverasizlar. Sizlarga tayammum joiz emas. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 00:27 | Savol-javoblar | 144 | Duolar