Oilam haqida

Assalomu alaykum! Kelin bo‘lib tushgan xonadonda Allohga shirk keltiruvchi ishlarni ko‘p qilishar ekan. Mushkulkusho, chiltan chiroq, em qilish, mazorlarga mol olib borish, folga ham ishonishadi. Men birinchi farzandimga homilador bo‘lganimda aqlsizlik qilib aytgan ishlarini qilganman. Ikkinchisiga homilador bo‘lganimda esa bu ishlar shirkligini bilib qilmadim, qo‘shilmadim. Ikkinchi farzandim 8oylik tug‘ilib o‘ldi. Bu ishlar hammasi Allohni sinovi ekanligini bilaman, iymon keltiraman, lekin uydagilar bu safar homilador bo‘lsang biz aytgan ishlarni qilasan shu ishlarni qilmaganing uchun bola o‘ldi deyishyapti. Men shu oilada yashashim joizmi yoki ajrashganim maqulmi, chunki turmush o‘rtog‘im hech bo‘lmaganda men tarafda emaslarda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bunchalar zaiflik qilmang. Eringizning holatini yozmabsiz. U dindan chiqmagan bo‘lsa, oilangizni buzmang, haq ustida sobit turing. Allohdan duo qilib, nusrat berishini so‘rang. Farzand berish ham uni olish ham O‘zining izmidadir. Ular qilayotgan shirk amallarning bunga biror ta’siri yo‘q. Vallohu a’lam!

4 Sentabr 2022, 11:29 | Savol-javoblar | 134 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar