Ziyoratgohga borish

Assalomu alaykum, Hazrat. Yurtimizda har hil ziyoratgohlar bor, bulardan biri namanganda ‘baliqli ko‘l‘ ziyoratgohi, u erda Uvays Karaniy hazratni va U kishini Onalarini muqaddas maqbaralari bor ekan. biz bu erga deyarli har yili borib turamiz. Odamlar u erlarda duo qilsa duosi qabul bo‘ladi, deyishsa ba‘zilari bu erni o‘ziga yarasha fazilati bor, kelgan odamni ishlari yahshilanadi, deyishadi.. Noto‘g‘ri amal qilib qo‘ymayli deb qo‘rqamiz. Duo aslida har joyda qabul bo‘ladigan amal aslida, ixlos bo‘lishi kerak. Lekin ziyoratgohlarga borganda duo qilsa bo‘ladimi, u erda duo qilishni boshqacha afzalligi bormi, ziyoratgohga borganda qandey odoblarni qilish kerak?Arzimagan savol bilan vaqtingizni olganim uchun uzr so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Uvay’ Qaraniyning qabrlari qaerdaligini birov bilmaydi. Sizlarga aytilgan gap noto‘g‘ri. Boshqa ziyoratgohlarning ko‘pi ham shunga o‘xshash. Duoni barcha joyda qilsa bo‘laveradi. Qabrlarni ziyorat qilish ulardagi kishilar haqiga duo qilish, ibrat olish uchun bo‘ladi.

27 May 2022, 03:07 | Savol-javoblar | 138 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar